Sport

Aziz Toshpoʻlatov Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasiga rahbar etib saylandi

Foto: Oliy Majlis

Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov mamlakat Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi raisi lavozimini egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) oʻz Instagram sahifasida e’lon qildi.

Toshpoʻlatov Bahodir Kurbanov oʻrnini egalladi. Shu bilan birga, u Oʻzbekiston voleybol federatsiyasiga ham rahbarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, MMA assotsiatsiyasi 2018-yil mart oyida tashkil etilgan. Dastlab uni professional kikboksing boʻyicha jahon chempioni Sunnat Ilyasov boshqargan. 2019-yil noyabrida esa Otabek Umarov assotsiatsiya prezidenti etib saylangan va keyinchalik Markaziy Osiyo MMA konfederatsiyasiga rahbarlik qilgan.

2020-yilda Otabek Umarov iste’foga chiqqach MMA assotsiatsiyasi raisi lavozimiga Bahodir Kurbanov tayinlangandi. Endilikda tashkilotga Aziz Toshpoʻlatov rahbarlik qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Toshpoʻlatov 2025-yil mart oyida Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. U ilgari Toshkent shahar IIBB boshligʻi, shuningdek, Samarqand va Namangan viloyatlari IIB boshqarmalariga rahbarlik qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bahodir Jalolov navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.