Favqulodda vaziyatlarni oldini olishda «yashil» texnologiyalardan foydalaniladi

eʼlon qilindi
Zamonaviy kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimi yaratiladi
Favqulodda vaziyatlarni oldini olishda «yashil» texnologiyalardan foydalaniladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hozirda 30 dan ortiq qonun hujjatlari mavjud bo‘lsa-da, kompleks dastur yo‘q. Eski qonunlar, jumladan 16 yil oldin qabul qilingan «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun ham eskirgan. Shu bois favqulodda vaziyatlarni oldindan baholab, tezkor va proaktiv ishlaydigan tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Favqulodda vaziyatlarning 70 foizdan ortig‘i aholi xonadonlarida nosoz gaz va elektr jihozlari yoki xavfsizlik madaniyatiga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladi. Shu sabab tizim ishini mahallalarga kengaytirish, xavfsizlik madaniyatini oshirish va har bir ko‘cha hamda xonadonni qamrab olish zarur.

Raqamli texnologiyalar va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish darajasi pastligi favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etishda muammolar yaratmoqda. Shu bois jarayonlarni raqamlashtirish, yangi ishlash mexanizmlarini joriy etish va texnika ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishda «yashil» texnologiyalar, zamonaviy kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida dual ta’lim va malaka oshirish markazini tashkil etish, professional qutqaruvchilarni tayyorlash va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq to‘qqiz oyda ishlab chiqarish hajmi 16,3 foizga o‘sgani haqida yozgan edik.

Shuningdek