Yangiliklar

Futbolchilarga maksimal tayyorgarlik zarur — Fabio Kannavaro

U hattoki o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tayyor holda chiqish lozimligini aytdi
Futbolchilarga maksimal tayyorgarlik zarurligini, hattoki o‘rtoqlik o‘yinlarida ham — Fabio Kannavaro / Foto: O‘FA

Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro Kuvaytga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

U o‘zbekistonlik futbolchilar bilan ishlash davomida har bir uchrashuvning muhimligini ta’kidladi. Kannavaro futbolchilarga maksimal tayyorgarlik zarurligini, hattoki o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tayyor holda chiqish lozimligini aytdi.

Murabbiy hozirgi yig‘inda eng yaxshi holatdagi futbolchilardan foydalanishini, hujumkor futbol tarafdori ekanini, ammo bu 90 daqiqa davomida doimiy hujumni anglatmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Turg‘unboyev va Eshmurodovni tarkibga chaqirish zarurligini ta’kidladi. Afsuski, ikki futbolchi ham jarohat olgan.

Kannavaro Timur Kapadze bilan hamkorlikda ish olib bormoqda va mahalliy mutaxassislar bilan ishlashda muammo yo‘qligini qayd etdi. U taktika bo‘yicha uch markaziy himoyachidan foydalanish hujumni tezlashtirishga yordam berishini aytib, maydondagi futbolchilarning bir-birini tushunishi eng muhim omil ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Kannavaro faoliyati davomida ko‘plab buyuk murabbiylardan saboq olganini va ularning tajribasini O‘zbekiston terma jamoasida qo‘llashga harakat qilayotganini bildirdi. U murabbiylar shtabi bilan birga o‘yinlarni batafsil muhokama qilishini va futbolchilar bilan ochiq muloqot olib borishini ham qayd etdi, shunda kim tayyor bo‘lsa, albatta maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kannavaroning maoshi haqida yozgan edik.