Ijro hokimiyatida ikki mingdan ortiq shtat birliklari qisqartiriladi — jadval
eʼlon qilindi
Turli qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarda 16 nafar o‘rinbosar lavozimi ham tugatiladi

Prezident farmoniga muvofiq, davlat boshqaruv tizimini optimallashtirish doirasida ijro hokimiyati tizimida 2 141 ta shtat birligi qisqartiriladi.
Eng ko‘p qisqartirishlar quyidagi idoralarda amalga oshiriladi:
- Soliq qo‘mitasida — 489 ta shtat birligi,
- Suv xo‘jaligi vazirligida — 224 ta,
- Qishloq xo‘jaligi vazirligida — 218 ta,
- Adliya vazirligida — 197 ta,
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida — 176 ta.




Bundan tashqari, turli qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarda 16 nafar o‘rinbosar lavozimi ham tugatiladi.
Farmonning asosiy maqsadi — davlat boshqaruvini ixcham, samarali va mas’uliyatli tizimga aylantirish, byudjet xarajatlarini kamaytirish hamda zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat xizmatiga nomzodlarning test natijalari olti oy amal qilishi haqida yozgan edik.