Yangiliklar

ILMA to‘rtta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Jami 156,5 million so‘m
ILMA
ILMA 4 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi / Foto: Ochiq manba

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) 4 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi. Bu haqda regulyator saytida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, ILMA tomonidan sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlanib, buning natijasida 156,5 million so‘m miqdorida jarima solindi.

Qonunchilik talablarini buzganlik uchun «Global Insurance Group» AJ ST kompaniyasiga 35 mln so‘m, «Semurg Insurance» AJ kompaniyasiga 31,5 mln so‘m, «Inson» AJ ST kompaniyasiga 40 mln so‘m hamda «Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJ kompaniyasiga 50 mln so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri mayning uchun elektr energiyasiga imtiyozli tarif joriy etilishi haqida yozgan edi.

Avvalroq ILMA tomonidan 2024-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistondagi sug‘urta tashkilotlarining reytingi e’lon qilingan edi.