Yangiliklar

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti metall-organik tuzilmalar ixtirosi uchun berildi

Mukofotni Yaponiyadan Susumu Kitagava, Avstraliyadan Richard Robson va AQShdan Omar Yagi qo‘lga kiritdi
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti metall-organik tuzilmalar ixtirosi uchun berildi
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti metall-organik tuzilmalar ixtirosi uchun berildi. Foto: Niklas Elmehed / Nobel Prize Outreach

2025-yilgi Kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini Yaponiyadan Susumu Kitagava, Avstraliyadan Richard Robson va AQShdan Omar Yagi qo‘lga kiritdi. Ular metall-organik karkas (MOK) tuzilmalar deb ataluvchi yangi turdagi molekulyar arxitektura yaratgani uchun taqdirlandi.

Nobel qo‘mitasining ta’kidlashicha, bu tuzilmalar katta bo‘shliqlarga ega bo‘lib, molekulalarning kirib-chiqishiga imkon beradi. Ular yordamida cho‘l havosidan suv yig‘ish, suvdagi zararli moddalarni tozalash, karbonat angidridni tutib qolish va vodorodni saqlash kabi muammolarni hal etish mumkin.

Keyinchalik kimyogarlar bu g‘oyaga asoslanib o‘n minglab turli MOK tuzilmalarini yaratishgan. Ularning ayrimlari suvdagi kimyoviy iflosliklarni ajratib olish yoki atmosferadagi karbonad angidrid gazini kamaytirish kabi muhim ekologik masalalarni hal etishga yordam bermoqda.

Avvalroq Nobel qo‘mitasi tibbiyot bo‘yicha g‘olib bilan bog‘lana olmagani haqida xabar berilgandi. 2025-yilgi tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri, amerikalik olim Fred Ramsdell hali mukofot olganini bilmasligi mumkin. Sababi u Aydaxo shtatining tog‘li hududlarida telefon va internetdan butunlay uzilgan holda sayohat qilmoqda, deya xabar berdi The Guardian.