Sentabrda O‘zbekistonga elektromobil importi keskin oshdi

8-oktabr 2025 13:00 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Oʻzbekistonga elektromobillar importi 3,5 baravar oshdi
Oʻzbekistonga elektromobillar importi 3,5 baravar oshdi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Joriy yilning sentabr oyida Oʻzbekistonga 11,5 ming dona elektromobil import qilindi. Bojxona qoʻmitasining ma’lum qilishicha, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 baravar koʻp.

Import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati $114,4 millionni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan qiymat jihatdan 7,4 baravarga ko‘p.

Qoʻmita ma’lumotlariga koʻra, yil boshida elektromobil importi past boʻlgan — yanvarda 613 dona, fevralda 942 dona, martda 1,1 mingta keltirilgan, ammo keyinchalik o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, sentabrda $43,6 millionlik 2,4 mingta benzinli yengil avtomobil import qilingan. Biroq gibrid avtomobillar importi kamaygan — sentabrda 240 dona ($9 millionlik) gibrid mashina olib kelingan, bu oʻtgan yilga nisbatan qariyb olti baravar kam.

Umuman olganda, 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida Oʻzbekistonga $473 millionlik 40,3 ming dona elektromobil import qilingan. Oʻtgan yilning shu davrida bu koʻrsatkich $182 millionga 16,2 ming dona boʻlgan.

Avvalroq O‘zbekistonda yangi xorijiy avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilingani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, endilikda M (yo‘lovchi tashuvchi) va N (yuk tashuvchi) toifadagi import avtomobillar ekologik sertifikat olish majburiyatidan ozod qilinadi.

Shuningdek