
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil sentabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $4,9 milliardga oshib, rekord darajadagi $55 milliardga yetdi.
Shundan $44 milliarddan ortig‘i oltin zaxirasiga to‘g‘ri keladi — bu ko‘rsatkich ketma-ket uchinchi oy davomida eng yuqori darajani yangiladi. Valyuta zaxiralari ham oshib, $10,2 milliardga oshdi.
Oltin zaxirasi qiymatining oshishiga asosan jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, chet eldagi banklardagi mablag‘lar va Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar hajmi ham biroz oshgan. Mamlakat oltin-valyuta zaxiralarida aksiya va obligatsiyalarning ulushi atigi 1,85 foizni tashkil etadi.
Bundan oldin O‘zbekistonda yil boshidan beri oltin quymalari narxi 40 foizga oshgani haqida xabar berilgandi. 8-oktabr holatiga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 7,921 mln so‘m, 10 grammli quyma 15,842 mln so‘m, 20 grammli quyma 31,684 mln so‘m, 50 grammli quyma esa 79,210 mln so‘mni tashkil qilmoqda. 100 grammli quyma narxi esa 158,420 mln so‘m etib belgilandi. Shuningdek, jahon bozorida ham oltin narxi tarixda ilk bor bir troya unsiya uchun $4 mingdan oshdi.