Ronaldu tarixdagi ilk milliarder futbolchiga aylandi

8-oktabr 2025 15:11 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: mrogowski_photography / www.depositphotos.com

Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu umumiy boyligi 1$ milliarddan oshgan tarixdagi ilk futbolchi sifatida qayd etildi. Bu haqda Bloomberg nashri oʻzining Billionaires Index reytingiga tayanib xabar berdi.

Manbaga koʻra, portugaliyalik futbolchining hozirgi sof boyligi $1,4 milliardga teng. Ronaldu 20 yildan ortiq davom etayotgan faoliyati mobaynida nafaqat maydondagi yutuqlari, balki biznes va reklama loyihalari orqali ham ulkan moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan.

Uning boyligining katta qismi Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubi bilan imzolagan shartnomasi, reklama bitimlari va homiylik loyihalaridan shakllangan. 2024-yil may oyida Forbes jurnali Ronaldu dunyodagi eng koʻp daromad topgan sportchi sifatida eʼtirof etgan edi. Bir yilda uning daromadi $257 millionni tashkil etgan.

Shundan $225 millioni klubdagi ish haqi va bonuslarga, qolgan $50 million esa reklama shartnomalari, xususan, Nike va Armani kabi brendlar bilan hamkorlikdan tushgan.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Ronaldu «An-Nassr» bilan qiymati $400 millionlik yangi shartnoma imzolagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu Saudiya ligasida ketma-ket ikkinchi bor «Oltin butsa»ni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek