Yangiliklar

SpaceX’ning Falcon 9 raketasi 28 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi

Past Yer orbitasiga
SpaceX’ning Falcon 9 raketasi 28 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi / Foto: SpaceX

SpaceX Falcon 9 raketasi 28 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini past Yer orbitasiga uchirdi. Uchirish Kaliforniyadagi Vandenberg bazasining SLC-4E maydonidan, soat 23:54 (Sharqiy vaqt) da amalga oshirildi, deya yozmoqda Space.

Uchirishda B1071 tezlatkichidan foydalanildi. Bu tezlatkich allaqachon 29-marta uchirilgan bo‘lib, kompaniya rekordiga yaqinlashdi (rekord — Booster 1067, 30 marta). Uchishdan 8,5 daqiqa o‘tib, birinchi bosqich ajralgach tezlatkich Tinch okeanidagi Of Course I Still Love You platformasiga muvaffaqiyatli qo‘ndirildi. Yuqori bosqich parvozni davom ettirdi va 28 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini belgilangan orbitaga chiqardi.

Ma’lumot uchun, Starlink — butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikda internet ta’minlash uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, hozirda 8,5 mingdan ortiq sun’iy yo‘ldosh faoliyat yuritmoqda.

2025-yil Falcon 9 raketasi uchun rekord yil bo‘ldi: yil davomida 127 ta muvaffaqiyatli uchirish amalga oshirildi, ularning 70 foizi Starlink tarmog‘ini kengaytirishga bag‘ishlangan. Kompaniya orbitaga yangi yo‘ldoshlarni muntazam chiqarishni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Marsda yashash va hayotini shu sayyorada yakunlashi mumkinligini aytgan edi.