G‘azo tinchlik kelishuvi, adabiyot bo‘yicha Nobel sovrindori, yangi jamg‘arma va oltin narxlari — 9-oktabr kungi muhim xabarlar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklar jamlandi
9-oktabr kungi muhim xabarlar dayjesti / Foto: Sun’iy intellekt
Isroil va Hamas G‘azoda tinchlik kelishuviga erishdi
Isroil va Hamas G‘azoda tinchlik kelishuviga erishdi / Foto: Reuters

Isroil va Hamas G‘azoda tinchlik kelishuviga erishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Hamas o‘rtasida G‘azoda ikki yillik urushni tugatishga qaratilgan tinchlik rejasi bo‘yicha uzoq kutilgan kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Monakodagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Monakodagi birinchi elchisi tayinlandi. Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonning Monakodagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Monakodagi birinchi elchisi Nodir G‘aniyev knyaz Albert II ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Uzbekistan Airways Andijon – Istanbul yo‘nalishida yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Uzbekistan Airways Andijon – Istanbul yo‘nalishida yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Foto: Uzbekistan Airways

Andijon – Istanbul yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways joriy yil 27-oktabrdan boshlab Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni boshlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkayga berildi
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkayga berildi. Foto: Niklas Elmehed / Nobel Prize Outreach

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkaiga berildi

2025-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkaiga topshirildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi xabar berdi.

«Yashil tashabbuslari»ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi
«Yashil tashabbuslari»ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi / Foto: Sun’iy intellekt

Yoshlarning «yashil tashabbuslari»ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi huzurida «Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi Kannavaro boshchiligidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi
O‘zbekiston terma jamoasi Kannavaro boshchiligidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi
/ Foto: Sport vazirligi

O‘zbekiston terma jamoasi Kannavaro boshchiligidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kuvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida siam egizaklar noyob operatsiya orqali ajratib olindi
Toshkent viloyatida siam egizaklar noyob operatsiya orqali ajratib olindi. Ekran tasviri videodan olindi

Toshkent viloyatida Siam egizaklar noyob operatsiya orqali ajratib olindi

Toshkent viloyatida Siam egizaklar noyob operatsiya orqali ajratib olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Aholi sonini hisoblashda kimlar ro‘yxatga olinmaydi
Aholi sonini hisoblashda kimlar ro‘yxatga olinmaydi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Aholini hisoblashda kimlar ro‘yxatga kiritilmaydi

Hukumat qaroriga muvofiq O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Oltin narxi
O‘zbekistonda oltin quymalar narxi yana rekord qayd etdi. Foto: Unsplash

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi yana rekord qayd etdi

9-oktabr kuni oltin quymalar narxi rekordni yana bir bor yangiladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek