Audi 2028-yilda yangi avlod A4 elektromobilini taqdim etadi

9-oktabr 2025 10:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Audi A4 elektromobili
Audi 2028-yilda yangi avlod A4 elektromobilini taqdim etadi / Foto: Autocar

Audi kompaniyasi tomonidan 2028-yilda yangi Audi A4 E-tron elektromobili ishlab chiqariladi. Bu haqda Autocar nashri xabar berdi.

Yangi avlod A4 kompaniya tarixidagi eng katta burilishlardan biri sifatida baholanmoqda. Audi bosh direktori Gernot Dollnerning so‘zlariga ko‘ra, A4 E-tron kompaniyaning elektr transformatsiyasida asosiy o‘rin tutadi. Model butunlay yangi SSP platformasida yaratiladi. Bu Volkswagen konsernining kelajakdagi Golf, Skoda Octavia va Cupra SUV modellariga ham asos bo‘ladi.

Foto: Autocar

Yangi A4 E-tron avvalgi A6 E-tron modelidan texnik jihatdan farq qiladi. U PPE emas, SSP platformasida ishlab chiqiladi. Avtomobilning yurish masofasi 800 kilometrgacha, quvvat olish tezligi esa 300 kVt dan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Top versiyada A4 E-tron 450 ot kuchi atrofidagi quvvatni taqdim etadi. Dizayn esa Audi Concept C g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, yangi avlod uchun zamonaviy va silliq ko‘rinish yaratadi. Audi yangi platformani 2028-yildan boshlab ommaviy ishlab chiqarishga kiritishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi AUDI modeli sinovdan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Model yashirin eshik tutqichlari va B-ustunga o‘rnatilgan Face-ID kamera bilan jihozlangan. Kamera avtomobil egasini taniy oladi va eshiklarni avtomatik ochadi.

AUDI brendi 2024-yil noyabrida taqdim etilgan bo‘lib, u klassik to‘rt halqali logotipdan foydalanmaydi. Asosan Xitoy muhandislari tomonidan ishlab chiqiladigan elektr modellarni o‘z ichiga oladi. Birinchi model — AUDI E5 Sportback 2025-yil 16-sentabrda Xitoy bozoriga chiqarilgan. U maksimal 776 ot kuchiga ega bo‘lib, boshlang‘ich narxi 235,900 yuan ($33 ming) qilib belgilangan.

Shuningdek