
Dushanbe shahrida elektrosamokatlar, elektroskuterlar va boshqa individual transport vositalari (davlat ro‘yxatidan o‘tganlari bundan mustasno) bilan shahar avtomobil yo‘llari va piyodalar hududlarida harakatlanish 2030-yilgacha taqiqlanadi. Bu haqda Dushanbe shahar IIB boshqarmasi xabar bermoqda.
Mazkur qaror elektrotransport vositalarining tartibsiz ishlatilishini kamaytirish, ularning ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarini qisqartirish maqsadida qabul qilingan. Shu orqali yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Taqiq maxsus ajratilgan joylardan tashqari barcha jamoat yo‘llarida amal qiladi va u zarur infratuzilma yaratilgunga qadar davom etadi.
Shuningdek, voyaga yetmagan bolalar ota-onalariga, bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik va taqiqlangan transport vositalaridan foydalanmaslik qat’iy tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 1-oktabr sanasiga qadar barcha haydovchilar «A» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi, transport vositalari esa davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi zarurligi haqida yozgan edi.