Falastinning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Javad Muhammad Avad diplomatik faoliyatini yakunladi
Falastinning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi
Falastinning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Falastinning O‘zbekistondagi elchisi Javad Muhammad Avad diplomatik faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Vazir elchining O‘zbekiston – Falastin munosabatlarini rivojlantirish va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Falastinning O‘zbekistondagi elchisi
Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

«O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, «ikki xalq uchun – ikki davlat» tamoyilini amalga oshirishning qat’iy tarafdori. Elchi janoblariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deydi Saidov o‘z rasmiy sahifasida.

Bundan oldin Isroil va Hamas G‘azoda tinchlik kelishuviga erishgani haqida xabar berilgandi. Hamas Qatar, Misr va Turkiya vositachilarining sa’y-harakatlarini e’tirof etdi va barcha tomonlarni kelishuv shartlariga rioya qilishga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish kelishuvni qo‘llab-quvvatladi, garovdagilarni ozod qilish, doimiy to‘xtash va G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazishni zarur deb bildirdi.

Shuningdek