Yangiliklar

Fransiyada yangi bosh vazir tayinlanishi kutilmoqda

Deputatlarning ko‘pchiligi shoshilinch parlament saylovlarini o‘tkazishga qarshi chiqmoqda
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlanishi kutilmoqda / Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron keyingi 48 soat ichida yangi bosh vazir tayinlashini e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

So‘nggi ikki yildagi Fransiyaning beshinchi bosh vaziri bo‘lgan Sebastyan Lekornu dushanba kuni o‘zi va hukumatining iste’fosini ma’lum qildi. Bu qaror kabinet tarkibini e’lon qilganidan so‘ng bir necha soat ichida qabul qilindi.

Lekornu siyosiy yetakchilar bilan muzokaralar o‘tkazdi, ammo kelishuvga erisha olmadi. U yangi bosh vazir tez orada tayinlanishi mumkinligini aytdi. Ammo kim bo‘lishi mumkinligini ochiqlamadi va qaror Makronga bog‘liqligini ta’kidladi.

Makron kuchli siyosiy bosim ostida qolmoqda — undan iste’fo berish yoki muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish talab qilinmoqda. So‘l markaziy partiyalar esa yangi hukumatni shakllantirish istagini bildirdi hamda boylarga soliq joriy etish va pensiya islohotlarini bekor qilishni taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Falastin davlatini rasman tan olgani haqida xabar bergan edik.