Avto

Geely EX5 elektromobili Buyuk Britaniya bozoriga kirib keldi

Geely EX5 elektromobili
Geely EX5 elektromobili Buyuk Britaniya bozoriga kirib keldi / Foto: Geely

Geely kompaniyasi tomonidan Geely EX5 elektromobili Buyuk Britaniya bozorida taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ushbu modelning Britaniya bozoridagi boshlang‘ich narxi 31 990 funt sterlingni (taxminan $43 ming) tashkil etadi. U Hyundai Ioniq 5 va Skoda Enyaq modellari bilan raqobatlashadi.

Foto: Geely

EX5 modeli 160 kVt (215 ot kuchi) quvvatga ega elektromotor va 60,2 kVt·soat sig‘imli LFP batareyasi bilan jihozlangan bo‘lib, 267 mil (taxminan 430 km) masofani bosib o‘tadi.

Foto: Geely

Xitoyda bu model Galaxy E5 nomi bilan 2024-yil avgustida savdoga chiqqandi. U qisqa muddatda Geely’ning eng ko‘p sotilgan avtomobillaridan biriga aylandi. Xitoyda u 107 800 yuan (taxminan $15 140) narxda taklif etilgan EX5 2025-yil avgustiga qadar 150 mingdan ortiq dona sotilgan. Bugunga kelib, u 30 dan ortiq mamlakatlarda sotuvda mavjud, Buyuk Britaniya esa so‘nggilardan biri bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Geely Lynk & Co 08 EM-P avtomobili yangilangani haqida yozgan edi.