Gadjetlar

IQOO 15 smatfonining taqdimot sanasi e’lon qilindi

IQOO 15 taqdimoti sanasi e’lon qilindi / Foto: IQOO

Xitoyning IQOO kompaniyasi IQOO 15 smartfonini 20-oktabr kuni Shenchjenda taqdim etadi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Qurilma dunyo bo‘yicha esa dekabr oyida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi va OriginOS 6 tizimiga ega bo‘ladi. Unda 6,85 dyuymli 2K displey 144 Hz yangilanish chastotasi bilan, IP68/IP69 darajadagi himoya va rang o‘zgartiruvchi korpus mavjud bo‘ladi.

Foto: IQOO

Shuningdek, IQOO 15’ga Q3 o‘yin chipi, simsiz zaryadlash hamda to‘rt xil rangdagi variantlar taqdim etiladi. Kompaniya ta’kidlashicha, bu model o‘zining unumdorligi va dizayni bilan ommalashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 190 dollarlik Realme 15x smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.