
14-noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida yirik professional boks kechasi oʻtkaziladi. Turnir Lift Promotions va Matchroom Boxing kompaniyalari hamkorligida tashkil etiladi.
Musobaqa doirasida oʻzbekistonlik bokschilar — Lazizbek Mullajonov, Shahram Gʻiyosov, Aloxon Abdullayev, Suhrob Qayumov va Ozodbek Aliyev ringga chiqishadi.
Kechada Lazizbek Mullajonov WBC kamari uchun bahs olib boradi. Mullajonov professional faoliyatida hozirgacha 6 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan.
Shuningdek, Shahram Gʻiyosov rossiyalik raqibi Mark Urvanov bilan toʻqnash keladi. Aloxon Abdullayev va Suhrob Qayumov oʻrtasidagi jang ham oʻzbekistonlik muxlislar uchun alohida qiziqish uygʻotadi.
Tadbirga ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik hamda ikkinchi oʻrta vazn toifasida mutlaq chempion Terens Krouford mehmon sifatida tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mullajonovda doping aniqlangani haqida xabar bergan edi.