Yangiliklar

Mirziyoyev Dushanbega jo‘nab ketdi

«Markaziy Osiyo – Rossiya» sammitida ishtirok etadi
Mirziyoyev Dushanbega jo‘nab ketdi / Foto: Prezdent matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan Dushanbega jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif doirasida davlat rahbari 9 – 10-oktabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti hamda MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Kun tartibida mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va ko‘p tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida yozgan edi.