Yangiliklar

Misr kompaniyasi O‘zbekistonda kosmetika ishlab chiqarishi mumkin

Misrning Luna Group Pharmaceutical kompaniyasi
Misr kompaniyasi O‘zbekistonda kosmetika ishlab chiqarishi mumkin
Misr kompaniyasi O‘zbekistonda kosmetika ishlab chiqarishi mumkin. Foto: Fiverr

Misr kompaniyasi O‘zbekistonda kosmetika ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston elchixonasida Misrning Luna Group Pharmaceutical kompaniyasi direktori Jorj Amin Maykl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tibbiy kosmetika vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kompaniyaning O‘zbekistonda filialini ochish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Misr tomoniga mintaqaning eksport imkoniyatlari va bozor salohiyati haqida ma’lumot berilgan. Kompaniya direktori esa bu masalalarni o‘zbek sheriklar bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, kompaniyaga joriy yilda Toshkentda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etish taklifi berildi.

Avvalroq vazirlik soxta kosmetologlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgandi. Unga ko‘ra, so‘nggi paytlarda kosmetologiya xizmatlari salbiy oqibatlarga olib kelayotgani haqida murojaatlar soni ortib bormoqda. Yuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish niyatida kosmetologga murojaat qilgan ayollar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z e’tirozlarini bildirmoqda.