Nissan yangi arzon elektromobilni taqdim etdi

eʼlon qilindi
Model 2026-yil fevralda savdoga chiqariladi
Nissan yangi arzon elektromobil — Leaf B5 ni taqdim etdi / Foto: Nissan

Nissan kompaniyasi Leaf B7 modelining arzonroq versiyasi — Leaf B5 elektromobilini taqdim etdi. Model Yaponiya bozoridagi raqobatchilarga javob sifatida ishlab chiqilgan, deya xabar bermoqda Elektrek.

Leaf B5 2026-yil fevralda savdoga chiqadi. U 55 kVt·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi va kengroq xaridorlar uchun qulay narxda taklif etiladi.

Foto: Nissan

Kattaroq Leaf B7 modeli uchun buyurtmalar 2025-yil 17-oktabrdan qabul qilinadi. U 78 kVt·soatli akkumulyator bilan 702 km masofani bosib o‘tadi. Tezkor zaryadlash tizimi batareyani 35 daqiqada 80 foizgacha to‘ldiradi.

Foto: Nissan

Leaf’ning uchinchi avlodi energiya boshqaruvi va batareya sovutish tizimi bilan yangilangan. Salonida ikkita 12,3 dyuymli ekran mavjud. B7 versiyasi X va G komplektatsiyalarida $34–$39 ming oralig‘ida sotiladi.

Foto: Nissan

Kelgusida Leaf B7 Autech ($42 ming) va arzonroq Leaf B5 versiyasi ham taqdim etiladi. Uning narxi savdo boshlanishi arafasida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nissan yangilangan Sentra modeli namoyish etilgan edi.

Shuningdek