O‘zbekiston G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni olqishladi

eʼlon qilindi
Bu jarayondagi vositachi davlatlar harakatini e’tirof etdi
Газа
O‘zbekiston G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni olqishladi / Foto: Unsplash

Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning bevosita ko‘magida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod etish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bayonotda qayd etilishicha, Misr, Qatar va Turkiyaning muvofiqlashtirilgan harakatlari hamda ularning bu jarayondagi muhim roli yuqori baholangan. Bu sa’y-harakatlar zo‘ravonlikni to‘xtatish, gumanitar inqirozni yengillashtirish va siyosiy muloqotni tiklash uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

O‘zbekiston har doim xalqaro huquq me’yorlari va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida Yaqin Sharqda adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

TIV bayonotida o‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik choradan iborat emas, balki uzoq muddatli siyosiy yechim sari tashlangan muhim qadam ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqda tinchlik, barqarorlik va insonparvarlikni ta’minlash yo‘lida xalqaro sa’y-harakatlarga o‘zining konstruktiv hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va Hamas G‘azoda tinchlik kelishuviga erishgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek