O‘zbekiston terma jamoasi Kannavaro boshchiligidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi

eʼlon qilindi
Gollarga Eldor Shomurodov va Hojimat Erkinov mualliflik qildi
O‘zbekiston terma jamoasi Kannavaro boshchiligidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi / Foto: Sport vazirligi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kuvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi, oradan 10 daqiqa o‘tib Hojimat Erkinov ikkinchi golni urdi. Shu tariqa Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa ilk o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Foto: Sport vazirligi

O‘zbekiston futbolchilari butun o‘yin davomida tashabbusni o‘z qo‘lida ushlab, raqibga deyarli imkon qoldirishmadi.

Uchrashuv 90+3-daqiqada yakunlandi va terma jamoa muxlislari uchun ishonchli g‘alaba bilan esda qoldi.

Foto: Sport vazirligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro Kuvaytga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek