Prezident Emomali Rahmon bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Uchrashuv Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tdi
Prezident Emomali Rahmon bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi / Foto: President.uz

Dushanbe shahrida Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat avvalida Mirziyoyev Rahmonni MDHga raislik faoliyatining samarali bo‘lgani bilan tabriklab, bo‘lajak «Markaziy Osiyo – Rossiya» uchrashuvi va MDH sammitiga muvaffaqiyat tiladi.

Muloqotda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar savdo, transport va aviaqatnovlar hajmining ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Prezidentlar o‘zaro savdoni kengaytirish, sanoat, energetika hamda qishloq xo‘jaligida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv va hududlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar, jumladan, Toshkentda o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjondagi Gabala sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surgani haqida yozgan edik.

Shuningdek