Gadjetlar

Realme GT 8 Pro smartfoni noyabr oyida taqdim etiladi

Realme GT 8 Pro smartfoni noyabr oyida taqdim etiladi / Foto: Realme

Realme kompaniyasi tomonidan Realme GT 8 Pro smartfoni rejalashtirilgan muddatdan oldin taqdim etiladi. Bu haqda 91mobiles xabar bermoqda. Qaror OnePlus 15’ning 13-noyabr kuni global taqdimoti bilan bog‘liq.

Dastlab Realme 18 – 20-noyabr oralig‘ida premyera o‘tkazishni rejalashtirgan edi, ammo endi GT 8 Pro 11-noyabr kuni namoyish etilishi kutilmoqda.

Foto: Realme

Yangi model Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi. Qurilma GT Boost 3.0 texnologiyasini, 16 GB operativ xotirani, 6,78 dyuymli 2K 144 Hz displeyni va 7 000 mA·soat sig‘imli batareyani oladi. Asosiy e’tibor esa kameraga qaratilgan. Realme ushbu model uchun yapon ishlab chiqaruvchisi Ricoh bilan to‘rt yil davom etgan hamkorlik asosida maxsus kamera yaratganini tasdiqladi.

Foto: Realme

Shunday qilib, Realme GT 8 Pro Hindiston bozorida Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga ega birinchi smartfonlardan biri bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 190 dollarlik Realme 15x smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.