Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 17 Pro Max smartfonlari taqqoslandi

9-oktabr 2025 12:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 17 Pro Max
Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 17 Pro Max / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Yaqinda taqdim etilgan iPhone 17 seriyasi smartfon bozorida muhim yangiliklardan biri bo‘ldi. Eldoblog nashrining maqolasida Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 17 Pro Max smartfonlari va ularning texnik xususiyatlari taqqoslandi.

Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Texnik xususiyatlar

Foto: Apple

Ikkala flagman ham 6,9 dyuymli katta ekran bilan jihozlangan. iPhone 17 Pro Max’da Super Retina XDR OLED panel, Galaxy S25 Ultra’da esa Dynamic LTPO AMOLED 2X displey ishlatilgan. Har ikki ekran 1 dan 120 Hzgacha yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Apple modeli 3000 nitgacha yorqinlik beradi, Samsungniki esa 2600 nit bilan biroz pastroq, ammo tasvir tiniqligi yuqori.

Chip va xotira

Foto: You Tube

iPhone 17 Pro Max yangi Apple A19 Pro chipida ishlaydi. Unda 6 yadroli GPU mavjud. Galaxy S25 Ultra esa Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessori bilan ta’minlangan. Ikkisi ham o‘yinlar, tahrir va grafik ishlovda eng yuqori unumdorlikni ko‘rsatadi.

Xotira konfiguratsiyasi jihatidan iPhone’da 12 GB RAM mavjud bo‘lib, 256 GB, 512 GB, 1 TB va 2 TB doimiy xotira variantlarida taqdim etiladi. Samsung esa 12 yoki 16 GB RAM bilan 256 GB, 512 GB va 1 TB versiyalarni taklif qiladi.

Kamera

Foto: Apple

Kamera tizimi eng ko‘p e’tibor qaratilgan bo‘limlardan biridir. iPhone 17 Pro Max’da 48 megapikselli asosiy sensor stabilizatsiya tizimi bilan ishlaydi. Galaxy S25 Ultra esa 200 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan bo‘lib, optik stabilizatsiya (OIS) tizimi mavjud. iPhone’dagi keng burchakli kamera 48 MP, Samsung’da esa 50 MP.

iPhone’da 48 MP modul 4x optik va 8x raqamli zumni ta’minlaydi. Galaxy 50 MP 5x optik va 10 MP 3x optik modullarni taklif qiladi. Old kamera iPhone’da 18 MP, Samsung’da 12 MP bo‘lib, ikkalasida ham stabilizatsiya tizimi bor.

Batareya

Foto: Samsung

Batareya hajmlari ikkala modelda deyarli bir xil. Galaxy S25 Ultra’da 5000 mA/soat, iPhone 17 Pro Max’da esa 4832 yoki 5088 mA/soat (SIM turiga qarab) batareya qo‘llanilgan. iPhone 40 vattlik tez zaryadlashni qo‘llab, 20 daqiqada 50 foizgacha quvvat oladi. Galaxy esa 45 vattli tizim bilan 30 daqiqada 65 foizgacha zaryadlanadi. Simsiz zaryadlashda esa Apple ustunlikka eriashadi.

Xavfsizlik

Foto: RBK

iPhone 17 Pro Max xavfsizlik uchun Face ID tizimidan foydalanadi, Samsung esa ekran osti ultratovushli barmoq izi skanerini qo‘llaydi. USB-C portlar ham farq qiladi: Apple qurilmasida 10 Gbit/s tezlikdagi USB 3, Samsung’da esa 5 Gbit/s tezlikdagi USB 3.2 Gen 1 mavjud.

Qo‘shimcha jihatlarda ham sezilarli tafovutlar bor: iPhone’da yangi Action Button va Camera Control funksiyasi mavjud, Galaxy S25 Ultra esa an’anaviy S Pen stylusi hamda Samsung DeX kompyuter rejimi bilan jihozlangan.

Dizayn

Foto: Apple

Galaxy S25 Ultra aniq burchakli korpusga ega bo‘lib, qat’iy dizayni bilan ajralib turadi. iPhone 17 Pro Max esa silliq va yumaloq shakllarga ega, ko‘proq ergonomik uslubda yaratilgan.

Apple bu safar titandan voz kechib, alyuminiy korpusdan foydalangan, bu esa ba’zi foydalanuvchilar uchun chizilishga moyillik muammosini keltirib chiqardi. Samsung esa titanli ramkani saqlab qolgan va bu uning mustahkamligini oshirgan.

Ekran qoplamasi bo‘yicha ham farq seziladi: iPhone’da Ceramic Shield 2 ishlatilgan bo‘lib, Apple uni avvalgisidan uch baravar bardoshli deb ta’riflaydi. Biroq Galaxy S25 Ultra’dagi Gorilla Armor 2 himoyasi porlashga qarshi xususiyatda yaxshiroq natija ko‘rsatadi.

Narx

Foto: Ochiq manbalar

2025-yilgi flagmanlar narxi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Samsung Galaxy S25 Ultra bozorda taxminan $1,1 ming atrofida sotilmoqda. Shu bilan birga, iPhone 17 Pro Max’ning boshlang‘ich narxi $1,2 ming dan yuqori.

Har ikkala model eng yuqori texnik imkoniyatlarni taqdim etganiga qaramay, Samsung biroz arzonroq variant sifatida ko‘riladi. Shu sababli, narx va funksiyalar nisbatida Galaxy S25 Ultra ko‘plab foydalanuvchilar uchun yanada maqbul tanlov bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri bloger iPhone 17 va iPhone 16’ni solishtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek