Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi
eʼlon qilindi
“Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Tojikistonga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Dushanbe xalqaro aeroportida uni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Davlat rahbarining tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Dushanbega jo‘nab ketgani haqida yozgan edi.