Lifestyle

Turkiy davlatlar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazilishi mumkin

Ravshan Irmatov Qozog‘iston futbol federatsiyasi prezidenti Marat Omarov bilan uchrashdi
Turkiy davlatlar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazilishi mumkin
Turkiy davlatlar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazilishi mumkin. Foto: O‘FA

Turkiy davlatlar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va Qozog‘iston futbol federatsiyasi prezidenti Marat Omarov uchrashuvida muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda futbol tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, yangi infratuzilma loyihalari, futbol ta’limi va akademiyalar faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o‘rtasida turnir o‘tkazish masalasi muhokama qilinayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, Irmatov futbol boshqaruvida tizimli yondashuv kuchaygani, Hakamlar akademiyasi va markazlashgan VAR tizimi yo‘lga qo‘yilgani, futbol sohasida raqamlashtirish ishlari kengaygani haqida so‘z yuritdi.

Qozog‘iston tomoni o‘z mamlakatida futbol infratuzilmasini modernizatsiya qilish, klublarni xususiylashtirish va «Atletiko Madrid» akademiyasini ochish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarini ko‘paytirish, mutaxassislar tayyorlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Avvalroq Kannavaro Kuvaytga qarshi o‘yin oldidan futbolchilarga maksimal tayyorgarlik zarurligini, hattoki o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tayyor holda chiqish lozimligini aytgandi. Murabbiy hozirgi yig‘inda eng yaxshi holatdagi futbolchilardan foydalanishini, hujumkor futbol tarafdori ekanini, ammo bu 90 daqiqa davomida doimiy hujumni anglatmasligini ma’lum qildi.