Andijon – Istanbul yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways joriy yil 27-oktabrdan boshlab Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni boshlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.
Parvozlar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalar narxi:
- Bir tomonga — 2,7 mln so‘mdan;
- Ikki tomonga — 5 mln so‘mdan.
Shu bilan birga, aviakompaniya yangi reys yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan to‘rt kishidan to‘qqiz kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun maxsus A4PAX tarifini taklif qilmoqda. Chiptalarni 10–17-oktabr kunlari xarid qilish mumkin, parvozlar esa 27-oktabrdan 27-noyabrgacha davom etadi.
Mazkur aksiya faqat Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishiga amal qiladi. Bunda bir tomonga parvozlar 1,8 mln so‘mdan, ikki tomonga esa 3,3 mln so‘mdan boshlanadi.
Chiptalarni booking.uzairways.com saytida yoki Uzbekistan Airways mobil ilovasi orqali xarid qilish mumkin.
Bundan oldin Uzbekistan Airways 25-oktabrgacha Sankt-Peterburgga parvozlarda maxsus aksiya joriy etgani haqida xabar berilgandi. Endilikda Namangan, Urganch, Buxoro, Farg‘ona, Qarshi, Termiz va Samarqanddan ushbu shahar yo‘nalishida borib-qaytish chiptalarini xarid qilgan yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik taqdim etiladi.