
Ekologiya vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida xorijiy korxonaning faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruvda korxona 11,3 gektar maydondagi lyossimon jinslarni noqonuniy qazib olgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona 2024-yil 27-noyabrda geologik qidiruv ishlari uchun ruxsatnoma olgan, ammo qazib olish uchun tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirmagan va auksion shartlariga rioya qilmagan. O‘lchovlar natijasida 50 859,25 m³ tuproq noqonuniy ravishda qazib olingani aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzarliklar O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonunlari talablarini buzgani qayd etildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 7,37 mln so‘mni tashkil qiladi.
To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli choralar ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi. Tergov va huquqiy tekshiruvlar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘zsuv kanalidagi ifloslanish uchun 1,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya belgilangan edi.