Yoshlarning «yashil tashabbuslari»ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi huzurida «Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Ushbu jamg‘arma yoshlarning ekologik g‘oyalarini amalga oshirish, atrof-muhitni asrash va «yashil» texnologiyalarni targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari yoshlarda tabiatga mehr uyg‘otish va ekologik loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, chiqindilarni qayta ishlash hamda toza energiya manbalaridan foydalanish kabi tashabbuslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, daraxt ekish va parvarishlash kabi ekologik loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Mablag‘lardan tasdiqlangan daromad va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Sun’iy intellektni rivojlantirish aylansi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.