Gadjetlar

3 ta eng yaxshi hamyonbop smartfon

smartfonlar
Rasm Chat GPT yordamida yaratilgan

Smartfon bozori bugun har qachongidan ham keng. Xaridorlar uchun har qanday narx toifasidagi qurilmalar mavjud. Palach nashri bozordagi eng yaxshi va arzon 3 ta smartfon haqida maqola tayyorladi.

Xiaomi Redmi 15

Xiaomi’ning Redmi 15 smartfoni arzon narx va funksionallikni birlashtirgan model sifatida e’tibor qozonmoqda. Smartfon 6,9 dyuymli IPS ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u 144 Hz yangilanish chastotasi va Full HD+ aniqlikka ega. Displeyning 800 nit yorqinligi video tomosha qilish yoki o‘yin o‘ynash uchun yetarli darajada qulay.

Foto: Ochiq manba

Qurilma Snapdragon 685 protsessorida ishlaydi — bu energiya tejamkor va barqaror ishlashni ta’minlaydi. Asosiy kamera 50 MP, old kamera esa 8 MP, kundalik suratlar uchun yetarli. Unda 7000 mA/soat sig‘imli batareya mavjud. Bu bir necha kunlik avtonom ishlashni kafolatlaydi.

Shuningdek, Redmi 15 IP64 himoya standarti, NFC, IR-port, microSD sloti va 33 Vt tezkor zaryadlash funksiyasiga ega. Shunday qilib, bu model o‘z segmentida bo‘lajak bestsellerga aylanishi aniq. Modelning O‘zbekistondagi narxi 1,7 mln so‘mdan boshlanadi.

Tecno Spark 40 Pro

Qurilma 6,7 mm qalinlikdagi nafis korpusda joylashgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi bilan darrov ajralib turadi. Uning 6,78 dyuymli AMOLED displeyi 1,5K aniqlikka ega, 144 Hz yangilanish tezligi va 4500 nit yorqinligi bilan quyoshda ham tiniq tasvir beradi.

Foto: You Tube

Smartfon MediaTek Helio G100 Ultimate chipida ishlaydi. U o‘rta darajadagi o‘yinlarni bemalol ishga tushira oladi. Asosiy kamera 50 MP, old kamera esa 13 MP bo‘lib, ikki tomonlama LED yoritkich va 2K video yozish funksiyasi bilan jihozlangan.

5200 mA/soat batareya 45 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmada stereodinamikalar, 3,5 mm mini-jack, NFC, IR-port va IP64 himoya ham mavjud. Ushbu smartfonni 2,2 mln so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.

Samsung Galaxy A16

Qurilmada 6,7 dyuymli AMOLED ekran, Full HD+ aniqlik va 90 Hz yangilanish tezligi mavjud. Displeyning 800 nit yorqinligi kundalik foydalanish uchun yetarli.

Foto: Notebookcheck

Smartfon MediaTek Helio G99 protsessorida ishlaydi va 5000 mA/soat batareyaga ega. 25 Vt tez zaryadlash yordamida u bir kunda faol ishlash uchun yetarli quvvatni ta’minlaydi.

Orqa panelda 50 MP + 5 MP + 2 MP, old tomonda esa 13 MP modul o‘rnatilgan. Natijada surat va videolar sifatli chiqadi. Smartfon IP54 himoya, NFC, va microSD slotiga ega. Modelning O‘zbekistondagi narxi 1,9 mln so‘mdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 17 Pro Max smartfonlari taqqoslangani haqida yozgan edi.