Avto

Chevrolet Cobalt va Tracker savdosi pasaydi, Damas qariyb 7 mingtaga oshdi

Ushbu modeldan to‘qqiz oy ichida 95 362 dona sotilgan
chevrolet cobalt
Chevrolet Cobalt / Foto: OLX

O‘zavtosanoat ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekiston bozorida Chevrolet Cobalt avtomobili eng ko‘p sotildi. Ushbu modeldan to‘qqiz oy ichida 95 362 dona sotilgan. O‘tgan yilda esa bu ko‘rsatkich 99 577 dona bo‘lgan.

O‘tgan yilning to‘qqiz oyida 71,8 ming dona Damas sotilgan bo‘lsa, bu yil 78,7 dona mashina xaridor topgan. Farq 6,8 ming donani tashkil etadi.

Tracker joriy yilda 27 921 dona sotilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 31 736 donaga yetgan.

Mutaxassislar fikricha, Cobalt va Damas’ning yetakchiligi ularning narx va texnik imkoniyatlar muvozanati, shuningdek, ehtiyot qismlar mavjudligi bilan izohlanadi.

2025-yil yanvar – sentabr oylarida eng ko‘p sotilgan 10 ta avtomobil modeli

O‘rinModelSotilgan soni
1Chevrolet Cobalt95 362
2Damas78 712
3Tracker27 921
4Labo25 129
5Onix16 287
6Sonet13 633
7Song Plus Champion DM-i4 933
8Yuan Up4 271
9Chazor3 520
10M63 204

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobaltning afzalliklari va kamchiliklari haqida yozgan edi.