
Dam olish kunlari bir qator tijorat banklari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarining faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Quyidagi banklarning ayrim filiallari 11 – 12-oktabr kunlari aholiga xizmat ko‘rsatadi:
- Agrobank
- Apexbank
- Asia Alliance Bank
- BRB
- Ipoteka Bank
- Milliy Bank
- Orient Finans Bank
- Tenge Bank
- Trastbank
- Hamkorbank
- Anor Bank
- Asaka Bank
- Garant Bank
- Hayot Bank
- InFin Bank
- Saderot Bank
- Universalbank
- Turon Bank
- Kapital Bank
- Poytaxt Bank
- SQB
Mazkur banklarning aniq manzillari va ish jadvali ularning rasmiy saytlarida e’lon qilingan.
Shuningdek, «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari va mobil ilovalar orqali ham valyuta ayirboshlash amaliyotlarini istalgan vaqtda bajarish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingan edi.