Yangiliklar

Dunyodagi eng katta suzuvchi shamol turbinasining yig‘ilishi yakunlandi

Utizim Guangsi provinsiyasining Beyxay shahrida qurilgan
Shamol energiyasi
Eng katta suzuvchi shamol turbinasining yig‘ilishi yakunlandi / Rasm SI yordamida yaratilgan / Manba: Ochiq manbalar

Xitoyda dunyodagi eng katta suzuvchi shamol turbinasining yig‘ilishi yakunlandi. Bu haqda Interestingengineering nashri xabar bermoqda.

U ulkan inshootning maydoni yetti futbol maydoniga teng. 16 megavatt (MW) quvvatga ega tizim Guangsi provinsiyasining Beyxay shahrida qurilgan. U 50 metrdan ortiq chuqurlikdagi dengiz hududiga olib chiqilib, sinovlardan so‘ng tarmoqqa ulanadi va tijoriy foydalanishga topshiriladi.

Loyiha uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy qismlar Xitoyning o‘zida ishlab chiqilgan. Bu mamlakatning energetika mustaqilligi va ilg‘or texnologiyalarni milliy ishlab chiqish borasidagi strategiyasini yana bir bor tasdiqlaydi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/video_2025-10-10_17-23-32.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Yetti futbol maydoniga teng rotor

Manbaga ko‘ra, yangi turbina rotorining diametri 252 metrni (826 fut) tashkil etadi. Qurilma yiliga 44,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 4 mingta xonadonni elektr bilan ta’minlashga yetadi.

Suzuvchi platforma Xitoyda ilk bor qo‘llanilgan dinamik ballast tizimi bilan jihozlangan. U uchta tayanch ustun ichidagi suv miqdorini avtomatik ravishda nazorat qilib, shamol va to‘lqin bosimiga mos ravishda muvozanatni saqlaydi. Bu texnologiya turbina og‘ishini kamaytiradi, xavfsizlikni oshiradi va energiya ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlaydi.

Loyihaning keyingi bosqichi

Tizim tez orada ochiq dengizga tortilib, chuqur suv hududida o‘rnatiladi va sinovdan o‘tkaziladi. Loyiha tashabbuskori China Three Gorges Corporation, dunyodagi eng yirik gidroenergetika kompaniyasi. U avval Uch darvoza to‘g‘oni loyihasi bilan mashhur bo‘lgan. Endi kompaniya offshor shamol energetikasi sohasiga faol kirib bormoqda.

Mazkur yangi turbina loyihasi esa Xitoyning global yashil energetika bozoridagi yetakchilik pozitsiyasini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

Avvalroq qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilk bor ko‘mirni ortda qoldirgani haqida yozgan edik.