G‘azoda sulh e’lon qilingach, minglab falastinliklar uylariga qaytmoqda

eʼlon qilindi
Urush 67 mingdan ortiq falastinliklarning hayotiga zomin bo‘ldi
G‘azoda sulh e’lon qilingach, minglab falastinliklar uylariga qaytmoqda / Foto: Reuters

G‘azoda sulh kuchga kirgach, minglab falastinliklar vayron bo‘lgan uylariga qaytish uchun yo‘lga chiqdi. Isroil qo‘shinlari urushni tugatish bo‘yicha kelishuv doirasida shahar hududlaridan chiqishni boshladi, deya yozmoqda Reuters.

G‘azo va Xon Yunis shaharlari aholisi xarobalar orasida o‘z uylarini izlamoqda:

«Yashash joylarimiz butunlay vayron bo‘lgan, ammo ona yerimizga qaytganimizdan xursandmiz», — dedi Mahdiy Saqla ismli fuqaro.

Foto: Reuters

Kelishuvga ko‘ra, Hamas 72 soat ichida 20 nafar isroillik garovdagilarni ozod etadi, Isroil esa 250 mahbus va 1 700 hibsga olingan falastinlikni qo‘yib yuboradi. G‘azoga har kuni yuzlab yuk mashinalari yordam yuklari bilan kiradi.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu «Hamas qurolsizlanishi kerak, bu oson yo‘l bilan bo‘lmasa, qiyin yo‘l bilan amalga oshiriladi», deya bayonot berdi.

Foto: Reuters

Hamas rahbari Xalil al-Hayya esa AQSh va vositachi davlatlardan urushning tugaganiga kafolat olganini bildirdi. Shu tariqa ikki yillik urushda 67 mingdan ortiq falastinliklar halok bo‘lgan mojaro nihoyasiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va Hamas G‘azoda tinchlik kelishuviga erishgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek