Oppo Reno 15 Pro Max yangi smartfoni tafsilotlari oshkor qilindi

10-oktabr 2025 09:21 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Oppo Reno 15 Pro Max yangi smartfoni tafsilotlari oshkor qilindi / Foto: Oppo / Oppo Reno 14 Pro

SmartPrix nashri Oppo Reno 15 Pro Max smartfonining asosiy texnik xususiyatlarini e’lon qildi. Qurilma eng yangi flagman chipni olmasa-da, unda o‘rnatilgan Dimensity 9400 protsessori kundalik va og‘ir vazifalar uchun yetarli quvvatni ta’minlaydi.

Yangi model 6,78 dyuymli OLED ekran bilan jihozlanadi. Ekranning aniqligi 1,5K, yangilanish tezligi esa 120 Gs bo‘lib, bu yuqori sifatli tasvir va silliq ishlashni kafolatlaydi. Kamera imkoniyatlari ham kuchli: asosiy modulda 200 megapikselli Samsung HP5 sensori o‘rnatiladi, periskop kamerasi 50 megapiksel, uchinchi kamera esa ultra keng burchakli suratga olish uchun mo‘ljallangan.

Smartfon Android 16 operatsion tizimi asosida ColorOS 16 interfeysi bilan ishlaydi. Batareya sig‘imi 6500 mA·soat bo‘lib, uzoq muddatli ishlashni ta’minlaydi. Qurilmada NFC va Wi-Fi 7 funksiyalari ham mavjud.

Oppo Reno 15 Pro Max joriy yilning oxirida taqdim etilishi kutilmoqda. Uning taxminiy narxi $620 atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo $200 atrofidagi K13s smartfonini taqdim etgan edi.

Shuningdek