Oʻzbekiston Formula-1 musobaqasini oʻtkazish boʻyicha muzokara boshladi

10-oktabr 2025 10:17 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Getty Images

Oʻzbekiston hukumati mamlakat hududida Formula-1 poygasining bir bosqichini oʻtkazish imkoniyatini oʻrganmoqda. Bu haqda britaniyalik taniqli avtosport jurnalisti Jo Seyvud oʻzining Green Notebook from Viagrapore blogida xabar berdi.

Jurnalistning yozishicha, Oʻzbekiston vakillari yaqinda boʻlib oʻtgan Singapur Gran-prisida koʻrinish bergan. Norasmiy ma’lumotlarga koʻra, aynan shu yerda Formula-1 bosqichini Toshkentda yoki mamlakatning boshqa yirik shahrida oʻtkazish masalasi muhokama qilingan.

So‘nggi yillarda Formula-1 rahbariyati Osiyo va Yaqin Sharqdagi bozorlarga alohida e’tibor qaratmoqda. Hozirda mintaqada sakkizta davlat — Bahrayn, Xitoy, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Singapur, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarida musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Jo Seyvudning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hukumati sport, ayniqsa, avtomobil musobaqalarini rivojlantirishni ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rmoqda. Bunga dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Bosh assambleyasi ham yaqqol misol bo‘la oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lando Norris Vengriya Gran-prisi g‘olibi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek