O‘zbekistonda soliq qo‘mitasi reyestriga kiritilgan marketpleyslar soni yuztaga yetdi

eʼlon qilindi
2025-yil boshidan beri iste’molchilarga 140 mlndan ortiq elektron chek berilgan
Foto: Unsplash

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 10-oktabr holatiga qadar yuzinchi internet-do‘kon marketpleys sifatida rasmiy reyestrga kiritildi.

Qo‘mitaning xabar berishicha, marketpleyslarning soliq tizimiga integratsiyasi natijasida 2025-yil boshidan beri iste’molchilarga 140 mlndan ortiq elektron chek berilgan. Bu cheklarning umumiy qiymati 18,8 trillion so‘mni tashkil etadi.

Soliq organlari qayd etishicha, marketpleys egalari reyestrga kiritilish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga ariza topshirishi kerak. Mazkur tizim onlayn savdoda shaffoflikni oshirish va elektron hisob-kitoblarni nazorat qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri to‘qqiz oyda ishlab chiqarish hajmi 16,3 foizga o‘sgani haqida yozgan edi.

Shuningdek