Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqi vakili Kaya Kallas bilan uchrashdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Uchrashuvda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi
                    
                            
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Muloqot davomida global va mintaqaviy masalalar muhokama qilinib, Markaziy Osiyodagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Saida Mirziyoyeva Kallas xonimga ochiq va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyorligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Bryusselda Ursula fon der Lyayen bilan uchrashgan edi.
