
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Tojikistonga amaliy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dushanbeda u Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazdi hamda «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti va MDH davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi. Tashrif yakunida prezident Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe xalqaro aeroportida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda kuzatib qo‘ydi. O‘zbekiston rahbari Toshkentga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev MDH venchur platformasini yaratishni taklif qilgani haqida yozgan edik.