
Samsung kompaniyasi tomonidan Samsung Galaxy Z TriFold smartfoni uchta akkumulyator bilan jihozlanadi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Rasmiy chiqish sanasi hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, yangi sertifikatlash hujjatlari qurilma haqida muhim tafsilotlarni oshkor qilindi.
Manbalarga ko‘ra, Galaxy Z TriFold modeli uchta segmentdan iborat bo‘ladi va har bir segmentda bittadan akkumulyator joylashadi. Eng kichik sig‘imli batareya asosiy uch kamerali modul joylashgan qismda joylashgan bo‘ladi. O‘rta sig‘imli batareya esa tashqi ekran o‘rnatilgan segmentda, eng katta sig‘imli akkumulyator esa markaziy bo‘g‘inda joylashadi. Bu qism buklanganda qolgan ikki panel orasida joylashadi.

Avvalroq smartfon faqat Janubiy Koreya va Xitoy bozorlarida sotuvga chiqadi degan taxminlar tarqalgan edi. Ammo keyingi xabarlarga ko‘ra, Galaxy Z TriFold AQSh bozorida ham taqdim etilishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Z TriFold taqdimoti shu oyning oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yangi model kompaniyaning buklanuvchi texnologiyalar sohasidagi navbatdagi yirik yangiligi sifatida kutilmoqda.
Galaxy Z TriFold smartfoni haqida qisqacha
Samsung hozir tayyorlayotgan Galaxy Z TriFold smartfoni kompaniyaning eng innovatsion qurilmalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Uning uch segmentli dizayni tufayli ekran ikki marta buklanadi, ya’ni u planshet shaklidan oddiy smartfonga oson o‘tadi.

Qurilma buklanganda ixcham, ochilganda esa katta planshet ekraniga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Har bir segmentda alohida akkumulyator joylashgan. Bu uzoqroq ishlash vaqtini ta’minlaydi. Shuningdek, Galaxy Z TriFold’da asosiy uch kamerali modul va tashqi ekran bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 17 Pro Max smartfonlari taqqoslangani haqida yozgan edi.