Akbar Jo‘rayev Norvegiyada og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

11-oktabr 2025 08:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Akbar Jurayev
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Norvegiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev 110 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

U siltab ko‘tarishda 196 kilogramm natija qayd etib, yangi jahon rekordi o‘rnatdi. Bu natija unga nafaqat oltin medal, balki musobaqaning eng yuqori bahosini ham taqdim etdi.

Musobaqada yana bir o‘zbekistonlik sportchi — Ruslan Nuruddinov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U siltab koʻtarishda 228 va ikki kurash yakuniga koʻra 414 bilan ikkita bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abbosbek Fayzullayev Urugvay bilan kechadigan o‘yinda maydonga tusha olmasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek