Arcfox o‘zining birinchi gibrid avtomobilini oktabr oxirida taqdim etadi

11-oktabr 2025 11:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Arcfox o‘zining birinchi gibrid avtomobilini oktabr oxirida taqdim etadi / Foto: CarNewsChina

Xitoyning Arcfox brendining Alpha T5 Extended Range Edition gibrid avtomobili oktabr oyi oxirida taqdim etishini e’lon qilindi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Bu o‘rta o‘lchamdagi SUV CATL Freevoy akkumulyatorlari va BAIC Shenqing gibrid tizimi asosida yaratilgan. Modelda 1,5 litrli dvigatel elektr generatori sifatida ishlaydi. Uning issiqlik samaradorligi 40 foizni tashkil etadi. Avtomobilning yoqilg‘i sarfi 5,18 litr/100 km, sof elektr yurish masofasi 215 km, umumiy yurish masofasi esa 1 215 kmni tashkil etadi.

Alpha T5 EREV to‘liq zaryad bilan 0 dan 100 km/soatgacha 6,5 soniyada, batareya to‘liq bo‘sh holatda esa 7,6 soniyada tezlashadi. Tez zaryadlash funksiyasi yordamida batareya 15 daqiqada 30% dan 80% gacha to‘ldiriladi.

Alpha T5 Extended Range Edition gibrid avtomobili / Foto: CarNewsChina

Avtomobil o‘lchamlari 4760×1936×1650 mm, g‘ildirak bazasi esa 2845 mm bo‘lib, bu avvalgi modeldan 70 mm uzunroq.

BAIC Shenqing tizimi 200 kVt quvvat va 360 N·m moment ishlab chiqaradi. Tizim ishga tushishdagi tebranishni 33%, to‘xtash paytidagi tebranishni 25% kamaytiradi. Maxsus ovoz bostirish texnologiyasi tufayli gibrid va elektr rejimlaridagi shovqin farqi 1 deсibeldan kam.

Alpha T5 EREV’ning yoqilg‘idan elektrga aylantirish samaradorligi 3,5 kVt/soat/litr, elektr uzatish samaradorligi esa 98%ni tashkil etadi. Bu model WLTC siklida 5,18 l/100 km va 16,5 kVt/soat/100 km sarf bilan samarali harakatlanadi.

Ma’lumot uchun, Arcfox — BAIC kompaniyasining yangi avlod elektromobil brendi bo‘lib, ilgari faqat to‘liq elektr modellarni ishlab chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Yangwang U7 avtomobili kuchliroq versiyada taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek