Fransiya prezidenti Makron yana Lekornyuni bosh vazir etib tayinladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Sebastyan Lekornyuni yana bosh vazir lavozimiga tayinladi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, qayta tayinlov siyosiy muvozanatni saqlash va navbatdagi hukumat inqirozini oldini olishga qaratilgan so‘nggi urinish sifatida baholanmoqda.
Lekornyu 9-sentabrdan 6-oktabrgacha Fransiya hukumatiga rahbarlik qilgan edi. U iste’fosidan bir kun oldin yangi hukumat tarkibini e’lon qilgan, biroq uni muxolifat partiyalari keskin tanqid qilgan.
Yangi bosh vazir 13-oktabr, dushanba kuni kelgusi yilgi Davlat budjetini parlamentga taqdim etadi. Agar hujjat qabul qilinmasa, hukumat moliyalashtirilishini ta’minlash uchun alohida qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak bo‘ladi.
Sebastyan Lekornyu 1986-yil 11-iyunda Obonn shahrida tug‘ilgan. U 2022-yil bahoridan 2024-yil mayigacha Fransiya mudofaa vaziri lavozimida ishlagan, undan avval — 2020 – 2022-yillarda — orol va chekka hududlar vazirligini boshqargan.
Avvalroq Fransiyada yangi bosh vazir tayinlanishi kutilayotgani haqida yozgan edi.