
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «K.O.» MChJ mas’ullari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi fosh etildi.
Aniqlanishicha, korxona «Mirzo Ulug‘bek» MFY hududidagi binosida tijorat faoliyati uchun ruxsatsiz tarzda elektr tarmog‘idan foydalangan. Natijada davlatga 165,5 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent va Farg‘onada yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilingani haqida yozgan edi.