Yangiliklar

Pullik yo‘llarda 150 km/soat tezlikka ruxsat berilishi mumkin

Har bir to‘lovli yo‘lga bepul muqobil yo‘l ham mavjud bo‘ladi
дорога
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llarida harakat tezligini 150 km/soatgacha oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Avtoyo‘llar qo‘mitasi bosh yuriskonsulti Hasan Umarov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif yo‘llarga oid qonunning yangi tahririda ko‘zda tutilgan. Hujjatda shuningdek, to‘lovli yo‘llardan foydalanish uchun belgilangan narxning eng yuqori chegarasi ham belgilanadi. Masalan, 200 km masofadagi yo‘l uchun to‘lov 100 ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Deputat Farhod Zayniyevning aytishicha, har bir to‘lovli yo‘lga bepul muqobil yo‘l ham mavjud bo‘ladi.

Unga ko‘ra, mavjud avtomobil yo‘llarini pullik qilish rejalashtirilmagan — buning o‘rniga yangi trassa quriladi.

Yo‘llar endi pullik bo‘ladimi?

Shuningdek, favqulodda holatlar paytida to‘lovli yo‘llardan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. Huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot xizmati vakillari uchun to‘lovdan ozod etish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda quriladigan pullik yo‘llar uchun qonun loyihasi ishlab chiqilgani haqida yozgan edi.