Telegram yangi imkoniyatlarni taqdim etdi

Telegram’ning so‘nggi yangilanishi bir nechta yangi funksiyalarni taqdim etdi. Endilikda foydalanuvchilar guruhli qo‘ng‘iroqlar va videochatlarda izohlar va reaksiyalar yuborishi mumkin.
Shuningdek, kontaktlarga shaxsiy eslatma qo‘shish, tug‘ilgan kun sanasini taklif etish, profil rangini o‘zgartirish va yangi «sovg‘a» interfeysi kabi imkoniyatlar ham paydo bo‘ldi.

iOS foydalanuvchilari uchun esa yangi Liquid Glass dizayni joriy qilindi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt (SI) botlar endi alohida mavzularda muloqot qilish va javoblarni bosqichma-bosqich chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Telegram shuningdek, blokcheynda saqlanadigan sovg‘alarni profil sahifasida ko‘rsatish va xatolik yoki taklif yuborish uchun mini-ilova ishga tushirganini ham ma’lum qilgan.
Avvalroq Pavel Durov Ostonada sun’iy intellekt laboratoriyasi ochilishini e’lon qilgani haqida yozgan edi.