Ko’chmas mulk

Toshkentda 288 mln dollarlik yirik logistika markazi barpo etiladi

DP World kompaniyasi bilan hamkorlikda
склад
Toshkentda $288 mlnlik yirik logistika markazi barpo etiladi / Foto: Unsplash

BAAning DP World kompaniyasi va O‘zbekistonning Tashkent Invest kompaniyasi Toshkentda yirik logistika terminali qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Dubay amirligi hukumati matbuot xizmati xabar berdi. Loyiha qiymati $288 mln deb baholanmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etiladi. Unda Tashkent Invest (poytaxt hokimligi shuba korxonasi) 15 foiz ulushga, DP World esa qolgan qismga ega bo‘ladi.

DP World rahbari Sulton Ahmad bin Sulayem bu hamkorlik O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yirik logistika va savdo markaziga aylantirishga bo‘lgan sadoqatni aks ettirishini ta’kidlagan.

Terminal Yangihayot tumanidagi «Yangi Avlod» sanoat zonasida barpo etiladi. Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 2026 – 2027-yillar oxiriga qadar temir yo‘l terminali va 63 ming kv. metrli omborxonalar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston va Fransiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishi haqida yozgan edi.