Tramp Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar joriy qilish fonida kriptavalyutalar narxi pasaymoqda

eʼlon qilindi
Ayni paytda bitcoin $111 mingga teng
bitkoin
Foto: Adobe stock

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan tovarlarga 100 foizli qo‘shimcha boj joriy etilishini e’lon qildi. Bu bayonot ortidan AQSh fond bozori va kriptovalyuta keskin qulamoqda.

Bitcoin narxi atigi bir necha daqiqa ichida $123 mingdan $113 minggacha tushib ketgan. Ayni paytda bitcoin $111 mingga teng. Toncoin esa 30 foizga arzonladi, shuningdek Telegram hamyon tizimi vaqtincha ishlamay qoldi.

Umuman olganda, global kriptobozor 9 foizdan ko‘proq kamayib, umumiy hajmi $3,76 trln darajasiga tushdi.

Foto: CoinmarketCap saytidan ekran tasviri

Kriptobozorda eng katta yo‘qotishlar XRP, Dogecoin va Cardano tangalarida kuzatildi — ularning qiymati 26–30 foizgacha pasaydi. Ethereum esa 10 foizga tushib, $4000 darajasidan pastga ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp xorijiy filmlarga 100 foizlik boj joriy qilmoqchiligi haqida yozgan edi.

Shuningdek